Tojiev Fuat Husainovich
Tojiev Fuat Husainovich (1913.13.9, Kattaqo’rg’on 2001.13.5, Toshkent) — kimyogar olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980). Texnika fanlari dri (1967), prof. (1969). O’rta Osiyo untini tugatgan (1937). Mahalliy sanoat i.t. institutida ilmiy xodim (1937— 41), urush qatnashchisi (1941-43). O’rta Osiyo industrial intida katta o’qituvchi (1944-46), ToshPI kimyotexnologiya FTI silikatlar texnologiyasi kafedrasi mudiri (1947-91). Asosiy ilmiy ishlari O’zbekiston hududidagi mahalliy tuproq, gil va xom ashyolarning texnologik xossalarini sistematik tarzda o’rganish va ularni qurilish keramikasi ishlab chiqarish.da qo’llashga oid. T. rahbarligida ilk bor Angren kaolinining texnologik xossalari chuqur o’rganilgan va uning asosida keramik qorishmalar, sirlar, xo’jalik va elektrotexnik chinni, olovbardosh va kislotabardosh materiallar olingan. As: anorganik moddalarning fizikkimyoviy analizi (hamkorlikda), T., 1977.