Tojik tili

Tojik tili — hindevropa oilasidagi eroniy tillar guruhining Jan.g’arbiy guruhchasiga mansub til. Asosan, Tojikiston va shim. Afg’onistonda, O’zbekiston, Qirg’iziston va Qozog’istonning ayrim tumanlarida, qisman Eronda tarqalgan. T.t.da jami 10 mln.dan ortiq (mas., Tojikistonda 4 mln.dan, O’zbekistonda 1 mln.dan ortiq, Afg’onistonda 4 mln.ga yaqin) kishi so’zlashadi (2001). Fonetik tizimida 6 unli va 24 undosh fonema bor. Urg’u dinamik xususiyatga ega, ko’pincha so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. Grammatik qurilishi agglyutinativflektiv xususiyatga ega. Ot, sifat, son turkumlaridagi so’z o’zgarishining qadimda rivojlangan tizimi hozirda yo’qolgan. Jins va kelishik kategoriyalari mavjud emas. Kelishik munosabatlari sintaktik usulda ifodalanadi. Izofa otlar aloqasida eng keng tarqalgan vositalardandir. Fe’l sohasida ko’plab analitik shakllar va birikmalar uchraydi. 4 ta mayl (aniqlik, buyruq, shart va ehtimollik) bor. Adabiy T.t. qad. forstojik tili (9— 15-a.lar)ga — fors, tojik va dari tillarida so’zlashuvchilar uchun umumiy manbaga borib takaladi. 20-a.da adabiy til-ning so’zlashuv tili bilan yaqinlashuvi natijasida unda, ayniqsa, leksikada, jiddiy o’zgarishlar ro’y beradi. T. t.dagi ilk yozma yodgorliklar 9-a.ga mansub. Tojikiston Respublikasidagi T. t.da 1929 y. gacha Arab, 1940 y.gacha lotin, 1940 y.dan rus grafikasi asosidagi yozuvdan foydalaniladi.