Tovon to’lash
Tovon to’lash — fuqaroning xayoti, sog’lig’i yoki molmulkiga etkazilgan moddiy ziyonni yoxud uning o’ziga etkazilgan ma’naviy zararnnnt o’rnini qoplash. T.t. va zararin qoplash iboralari O’zbekiston Respublikasi FKda deyarli bir xil ma’noda qo’llaniladi. Ayni vaqtda shuni ham e’tirof etish lozimki, zararni qoplash tushunchasi tovon to’lash tushunchasidan kengrokdir. FKning 1033moddasida zararning o’rnini qoplash zararni aslicha (natura shaklida) qoplash (ya’ni, zararlangan, shikastlangan ashyo o’rniga xuddi o’shanday turdagi va sifatdagi ashyoni takdim etish, shikastlangan ashyoni tuzatib berish va h.k.) yoxud etkazilgan zararni to’lash (pul bilan) ko’rinishida bo’lishi mumkinligi ko’rsatilgan. T.t. kontribusiya ma’nosida ham ishlatiladi (ya’ni, o’zaro urushda mag’lub davlatning g’olib davlatga T.t. i). Ba’zi adabiyotlarda T.t. etkazilgan zarar mikdorini, hajmini o’lchash imkoni bo’lmaganda sud tomonidan belgilangan yoxud jabrlanuvchi va huquqbuzar o’rtasida kelishuv asosida tayinlanadigan, huquqbuzar tomonidan jabrlanuvchiga to’lanadigan to’lov ma’nosida ham qo’llaniladi. T.t. mikdorini belgilash, o’zgartirish usullari, mezonlari, to’lovni amalga oshirish tartibi FKning 57bobi (“zarar etkazishdan kelib chikadigan majburiyatlarni tartibga soluvchi normalar”)da belgilab qo’yilgan.