TOVKATTEPA
TOVKATTEPA — Toshkent sh.dagi arxeologik yodgorlik (1-8 va 11 — 15-a.lar). Atrofi mudofaa devorlari bilan o’ralmagan, markazida qo’rg’on bo’lgan manzilgoh. 1949 y. A.A.Potapov tomonidan qayd etilgan va o’sha yili I.Baishev, V.Massoy, 1957 y. V. Belousov, Yu.Buryakov tekshirgan. 1970 y.da G. Zilper va 1978-79 y.larda Toshkent arxeologiya ekspedisiyasi (Sh.Pidaev, O.Papaxristu) qazish ishlarini olib borgan. T. qal’a va shahristondan iborat. Mayd. 6,5 ga. Yodgorlik Krvunchi madaniyatiga mansub. Dastlab markazidagi qal’a vujudga kelgan, uning bal. taxm. 9 m., mayd. 60×30 m. bo’lgan. Keyinchalik kichik tepalik ustida xom g’isht va paxsadan qurilgan murakkab majmua ko’rinishidagi qo’rg’on shakllangan. 8-a. 1choragida arablar istilosi vaqtida buzilgan va yondirib yuborilgan. 11-a.da uning xarobalari ustida yangi qishloq vujudga kelgan va 15-a.gacha mavjud bo’lgan. Qazish vaktida xum, ko’za, kosa, tovoq, yupqa tilla tugma va b. ashyolar topilgan.