TOVOQSOY ZILZILASI

TOVOQSOY ZILZILASI – Tovoqsoy qishlog’i yaqinida 1977 y. 6 dek.da sodir bo’lgan. Zilzilaning o’chog’i Piskomtoshkent seysmogen zonasida 15 km chuqurlikda joylashgan, kuchi 7 ball, magnitudasi 5,1. Seysmik to’lqinlar Chirchiq, G’azalkentda — 7, Chorvokda — 5, Toshkentda — 6, Yangiyo’lda — 4, Ohangaronda 3-4 ballga etgan. Tovoqsoy, Ozodbosh, Iskandar va b. joylarda bir qancha imoratlar shikastlangan. Er ustida tarqalgan episentral zonaning yo’nalishi Qorjontovtoshkent er yorig’i bo’yicha shim.sharqdan Jan.g’arbga cho’zilgan. 3 balli zilzila maydoni 65700 km2 ni tashkil qilgan.