Tichina Pavlo (Pavel) Grigorevich
Tichina Pavlo (Pavel) Grigorevich [1891.15.(27).1, hoz. Chernigov viloyati, Ukraina — 1967.16.9, Kiev] — ukrain shoiri, davlat va jamoat arbobi. Ukraina FA akad. (1929), Ukraina Oliy Majlisi raisi (195359), SSSR Oliy Soveti Millatlar Soveti raisi o’rinbosari (195462). 1918 y. “Quyoshli klarnetlar” she’riy kitobi nashr qilingan. “Ukrainadan esgan shamol” (1924), “Chernigov” (1931), “yagona oila tuyg’usi” (1938), “Po’lat va nafosat” (1941) kabi she’riy to’plamlarida vatanparvarlik va tinchlik motivlari ifodalangan. “Kotovskiy qilichi” (1938), “Shevchenko va Chernishevskiy” dostonlari (1939) muallifi. “Engmoq va yashamoq” (1942), “do’stni dafn etish” (1943) she’r va dostonlari 2jahon urushiga bagishlangan. Urushdan keyingi davrda dolzarb mavzudagi she’riy asarlar, bolalar uchun ertaklar hamda adabiyotshunoslik masalalariga oid maqolalar yozgan. “Tanlangan asarlari” (1957,3 jildli) uchun T. G. Shevchenko nomidagi Ukraina Davlat mukofoti berilgan (1962). Ayrim she’rlari o’zbek tiliga tarjima qilingan.