Tobolsk

Tobolsk — RF Tyumen viloyatidagi shahar. Irtishga Tobol daryosi quyilishiga yaqin erdagi pristan. Yaqin t.y. stantsiyasi — Tobolsk (14 km). Aeroport bor. Aholisi 97,8 ming kishi (1998). T. 1587 y.da vujudga kelgan. 1610 y.dan hoz. o’rnida. Kemasozlik korxonasi, kema ta’mirlash zdi, neft kimyosi, yod ktlari, engil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, mebel, gilam va suyakka badiiy gul solish fkalari, ped. inti, drama teatri, tarixiyme’moriy muzey qo’riqxonasi bor. Me’moriy yodgorliklaridan Sibirdagi birinchi tosh Kremli (17-a. oxiri), Sofiyauspenie sobori (17-a.), Karvonsaroy (Gostiniy dvor) va “shved palatasi” (18-a. boshlari saqlangan).