Tobulg’i, tubulg’a
Tobulg’i, tubulg’a (Spiraea L.) — ra’noguldoshlarga mansub butalar turkumi. Shim. yarim sharda 100 dan ortiq turi o’sadi. Bo’yi 0,15—2,5 m cha. Shoxshabbasi g’uj, barg chiqargandan so’ng mayiyunda gullaydi, guli oq yoki och pushti, to’pguli shoda yoki ro’vaksimon. Mevasi olmasimon, yorug’sevar, qurg’oqchilikka va sovuqqa chidamli, tuproq tanlamaydi. Urug’idan, ildiz va er ustki bachkilaridan ko’payadi. T. cho’l va o’rmonlarda ko’p uchraydi. O’zbekistonning tog’li mintaqalarida yapon T.si (S.japonica L. Sh.), o’rtancha T. (S. media Schmid.), dalachoybarg T. (S. hupericifaolia L.), tukdor T. (S. piosa Franch.) turlari o’sadi. T. ning ba’zi turlari jarliklar va tog yonbag’irlarini mustahkamlashda ekiladi. T. juda ko’p va chiroyli gullagani sabablitolbargT. (S. salicifolia) turi qimmatli manzarali o’simlik hisoblanadi. Tog’li yon bag’irlardagi archazor, butazorlarda, dare bo’ylarida o’sadi.