Tobut

Tobut — yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari xalklarida marhumni qabrga eltish uchun ishlatiladigan moslama. Usti ochiq, 4 oyoqchali, bosh tomoni kengroq, oyoq tomoni torroq, uz. 2— 2,5 m. Kafanlangan murda solingandan keyin T. maxsus narvoncha ustiga o’rnatiladi va uni 4 kishi kutaradi, ba’zi xalklarda, mas., ruslarda T. krpqoqli bo’lib, marhumning jasadi bilan birga go’rga qo’yiladi. Qad. O’rta Osiyo xalklarida ham oliy tabaqaga mansub marhumni yiroq erdan olib kelishda qopqokli yog’och T. ishlatilgan. Mas., Amir Temur va uning nabirasi Muhammad Sulton tut yogochidan yasalgan qopqoqli T.da go’rga qo’yilgan. Tosh T.da, ya’ni sarkofag (Evropada atalishi)da oliy tabaqa jasadlar kumilgan.