TIPOMETRIYA

TIPOMETRIYA (tip va …metriya) — matbaada bosma qoliplari (shrift, probel materiallar va b.) elementlarini o’lchash tizimi. T. asosida 1/72 dyuym (0,376 mm)ga teng bosmaxona punkti yotadi; yirik elementlar kvadratda o’lchanadi. Liter, qator, probel (oraliq) materiallarning chiziqli o’lchamlarini aniklashda ishlatiladi. Punkt bilan kvadrat o’rtasida oraliq birliklar bor: nonparel (1/8 kvadrat), Petit (1/6 kvadrat), tsitsero (1/ 4 kvadrat) va b.