Tijorat siri
Tijorat siri — korxonalar, tashkilotlarning o’z ishlab chiqarish., savdo, moliya, ilmiy-texnika faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni sir saklash, oshkor etmaslik huquqi. T.e. rakrbat kurashi vositasi. Korxona T.e. korxona, firma, konsortsium yoki yakka ishlab chiqaruvchi o’z tovarlarini arzonga tushirishi, ularning sifatini oshirishi, qimmatroq sota bilishi, katta foyda ko’rib, gullabyashnashning sharti. Sir ishlab chiqarish., texnologiya, boshkarish, moliyaviy, yangi materiallarni qo’llash, boshqalarda bo’lmagan, hayotiy tsikli uzun bo’lgan tovarlarni o’zlashtirish va b. faoliyat bilan bog’liq bo’lishi mumkin. T. e. xaridorlar, umuman, mijozlar bilan bo’lgan aloqaga ham taallukli. Kelishilgan bitishuvlar summasi, sotish shartlari va narxlar ham sir sakdanadi. T. e. va uni oshkor etish, o’g’irlash bo’yicha javobgarlik qonun yo’li bilan amalga oshiriladi. T. e. deyarli barcha mamlakatlar qonunchiligi bilan muhofaza qilinadi. T. e. oshkor bo’lib, boshqalar tomonidan o’zlashtirib olinsa, sir egasi bundan ko’rilgan zararini sud orqali tovon undirib olishi mumkin. T.s.ni saklash maqsadida korxonalar, firmalar, tashkilotlar maxsus xavfsizlik xizmati tashkil etadilar, bu xizmatlar korxona mulki bo’lgan yangiliklarni raqiblarning iktisodiy josusligidan himoya qiladi. Ahmadjon O’lmasov.