Tirnoqgul

Tirnoqgul (Calendula officinalis), dorivor tirnoqgul — murakkabgud-doshlar oilasiga mansub ikki yillik manzarali va dorivor o’simlik. Bo’yi 30 — 50 sm. Poyasi shoxlangan, tukli. Ildiz bo’g’zidagi barglar teskarituxumsimon, yirik. yiyH bandli, poyadagilari cho’ziqteskarituxumsimon yoki cho’ziq nashtarsimon. To’pguli savatcha, diametric 2-5 sm. Gullari sariq, to’qqizilsariq, ba’zan qatqat. Mevasi yirik, tirnoqqa o’xshab ichkariga qayrilgan (nomi ham shundan). May oyidan sent.gacha gullab, mevalaydi. O’zbekistonda gulzorlarga ekiladi. Guldastalar yasaladi, gullaridan olinadigan buyok, oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.