Tinishboev, Tinishpaev Muhammadjon

Tinishboev, Tinishpaev Muhammadjon (1879.12.5, Ettisuv viloyati — 1938.20.4) — davlat va jamoat arbobi, tarixchi olim. Turkiston muxtoriyati hukumatining 1bosh vaziri (1917 y. noyab.—dek.) va ichki ishlar vaziri (1917 y. noyab. — 1918 y. Fev.). Alash O’rda hukumatining ichki ishlar vaziri (1917 y. dek.-1920 y. mart). Peterburg t.y. transporti muhandislari intini tugatgan (1906). 2davlat dumasi deputati (1907 y.dan). Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteta a’zosi (1917). Turkiston Reepublikasi suv xo’jaligi boshlig’i (1922), er sug’orish bo’limi boshlig’i (1924). Toshkentdagi qozoq xalq maorif intida turkiy xalqlar tarixi, mat., kimyo va fizikadan dare bergan (1920-25). Ettisuv gubernyasi (oblasti) ijroiya komiteti t.y. bo’limi boshlig’i (1926). Turkiston — Sibir (Turksib) magistralida turli lavozimlarda ishlagan (1927— 30). 1930 y. 3 avg.da sovet rejimi tomonidan qamoqqa olingan, 3 yilga surgun qilingan (1932— 35). Gurev — Kandigach t.y.da ishlagan (1935— 37). Toshkentda qayta qamoqqa olinib (1937 y. 21 noyab.), otib tashlangan. 1959 y.o’limidan so’ng oklangan. T. turkey xalklar tarixiga oid ko’plab asarlar, jumladan, “Qirg’izqrzoq xalqi tarixiga oid materiallar” (rus tilida, T., 1925), “Turkmo’g’ul tarixi” (1923) va b. muallifi.