Texnik gazlama
Texnik gazlama — mashinalar, qurilmalar, inshootlarning qismlari, turlituman texnika buyumlari tayyorlashda ishlatiladigan to’qimachilik matolari. Deyarli barcha to’qimachilik tolalari va iplaridan to’qiladi. T.g. sifatida ba’zi maishiy matolar (mas., doka, mitkal, sarja) ham ishlatilishi mumkin. Bulardan chizmachilik kalkalari, qistirmalar, mashina o’rindiklarining g’iloflari tayyorlanadi. T.g.larga maishiy gazlamalarga nisbatan yuqoriroq talablar quyiladi. Ko’pchilik T.g.lar polotnoli o’rilishda (q. O’rilish) bir va ko’p qatlamli qilib tayyorlanadi, chunki bu o’rilishda arqoq bilan tanda orasidagi bog’lanish mustahkamroq bo’ladi (q. To’kimachilik). Eng keng tarqalgan T. g.lar: brezent, kirza, kordbop, tasmabop, transportyorbop matolar, o’t o’chirish englari tayyorlanadigan mato, presslash va filtrlash (suzish) matolari. Bulardan tashqari, parashyutlar, puflama inshootlarning qobiklari, tentlar (soyabonlar), sun’iy charm, elaklar tayyorlanadigan matolar ham T.g. jumlasiga kiradi. Ba’zi sanoat tarmoqlarida T.g. o’rniga sintetik plyonkalar ishlatiladi. O’zbekistonda T.g.larning barcha turlari ishlab chiqariladi.