“Gulxan”
“Gulxan” — adabiy-badiiy, bezaqli bolalar jurnali. Muassislari: O’zbekiston Respublikasi Davlat matbu- ot qo’mitasi, O’zbekistan Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati. Oyda 1 marta chiqadi. Dastlab “yosh kuch” (1929 — 41) nomi b-n chiqqan, 1941 — 45 y.lardagi urush sababli jur.ni chop etish vaqtincha to’xtatilgan. So’ngra “Pioner” (1952 — 57) nomi b-n nashr qilingan. 1957 y.dan hoz. nomda. “G” sahifalarida O’zbekiston bolalari hayoti, ularning orzu-intilishlari, shuningdek, badiiy adabiyot, san’at, xalq og’zaki ijodi, tur- li sport o’yinlari muntazam yoritilib boriladi. “Gulxan” kutubxonasi Seri- yasida bolalar ijodidan kitobchalar ham chiqariladi. Jur.ga turli y.larda G’ani Jahongirov, Jumaniyoz Jabbo- rov, to’lqin Kozoqboev, Xudoyberdi To’xtaboev, Abdulla Oripov, Safar Bar- no va b. muharrirlik qilishgan. Adadi 70000 (2002). Muharriri Omon Matjon (2002 y.dan).