Gulmoyi

Gulmoyi (gulmohi), guldor baliq, Xoldor baliq, forel — chuchuk suvda yashaydigan lososlar (Salmo trutta) ken- ja turlarining umumiy nomi. Dengiz- larda yashovchi kenja turlari kumja yoki lososlar deb ataladi. Tanasi va suzgich- lari mayda rangli dog’lar b-n qoplangan. Boshqa lososlar singari urchish davrida tanasining shaqli va rangi o’zgaradi: jag’lari uzayadi va qiyshayadi, erkagining tanasida qizg’ish dumaloq dog’lar paydo bo’ladi. G. rivojlanish davrida chuchuk suvlarni tark etmasligi b-n o’tkinchi lososlardan farqqiladi. Ikkinchi ken- ja tur: ko’l g.si (S.t.lacustris) va Daryo g.si (S.t.fario) kenja turlarini hosil qiladi. Ko’l G.si Rossiyaning shim.-sharqida, Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya hamda Kaspiy va qora dengiz havzalaridagi kullarda tarqalgan. Og’irligi 8-10 kg gacha, urchish davrida urg’ochisi tanasi- ning yon tomoni kumushrang, qorni to’q qo’ng’ir bo’ladi; erkagining yon tomonida alvon rang chiziq ko’zga tashlanadi, te- risidagi dog’lari guldor bo’lib qoladi, orqa suzgichi qorayib krrin suzgichi qizg’ish yoki alvon tusga kiradi. Ko’l G.si daryoga o’tib uvildiriqtashlaydi. Tuxum- dan chiqqan chavoqlarining bir qismi ko’lga o’tadi, ko’pchiligi esa daryoda qolib, Daryo g.siga aylanadi. Daryo G.si ancha mayda, og’irligi 200-500 g, ba’zan 2 kg gacha, tanasi rangdor, orqasi qora, qorni oq yoki sarg’ish-tillarang, tanasi va suz- gichlari qora, qizil va alvon rangli dog’lar b-n qoplangan. Daryo G.si Evropa va Osiyoda, jumladan Sirdaryo, Amudaryo va b. daryolarning yuqori oqimida ko’p uchraydi. Ko’l va Daryo g.si akklimati- zasiya qilinadi, sun’iy kupaytirila- Di. Ko’l G.si ovlanadi, Daryo g.si sanoat ahamiyatiga ega emas , faqat qarmoq b-n ovlanadi.