GULAG

GULAG (rus. Glavnoe upravlenie lagerey — axloq tuzatish-mehnat la- gerlari, surgun va qamoqjoylari bosh boshqarmasi) — sobiq sho’rolar davla- tida 1934— 56-y.larda axloq tuzatish- mehnat lagerlari tizimiga rahbarlik qilgan NKVD (MVD) bo’linmasi. Uning maxsus boshqarmalari turli joylar, mas, karaganda, Dalstroy, Solovki, be- lomor-Baltika, Vorkuta, Norilsk va b. erlardagi axloq tuzatish mehnat lager- larini birlashtirgan. Lagerlarda juda og’ir sharoit o’rnatilgan, eng oddiy inso- niy huquqlarga ham rioya etilmagan, ish rejimi ozgina buzilgani uchun qattiq jazo berilgan. Sobiq Ittifoqning hamma chekkalaridan, shu jumladan, O’zbekistondan jazoga mahkum etilgan millionlab mahbuslar chekka shim.da, Uzoq Sharqda va b. mintaqalarda joy- lashgan kanallar, yo’llar va b. inshootlar qurilishida haq olmay ishlagan. Ochlik, kasallik va mashaqqatli mehnat tufayli o’lim haddan tashqari ko’p bo’lgan. A.I. Soljenigining “Gulag orollari” Kito- bida sho’rolar davlatidagi bu ommaviy qirg’inlar va zo’ravonlik tizimi fosh qilindi. Kitob nashr etilganidan key- in GULAG atamasi NKVD lagerlari va turmalari, umuman totalitar tuzumning ifodasi bo’lib qoldi.