Grinchenko Vyacheslav Aleksandrovich

Grinchenko Vyacheslav Aleksandrovich (1938.21.9, Xarkov viloyati, Krasnograd sh.) — opera xonandasi (bas). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1971), O’zbekistan xalq artisti (1974). Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1966 — 85), 1985 y.dan Moskva filarmoniyasi yakkaxoni. Don Karlos (J. Verdi, “Don Karlos”), Boris (M. Mu- sorgskiy, “Boris Godunov”), don bazi- Lio (J. Rossini, “Sevilya sartaroshi”), Konchak, Knyaz Galiskiy (A. Borodin, “Knyaz Igor”), Vojak (A. Xolminov, “Hayotbaxsh o’lim”), Pyotr I (A. Petrov, “Pyotr birinchi”) va b. partiyalarning moxir ijrochisi. G. keng diapazonli va kuchli ovoz sohibi. Har bir obraz- ni haqqoniy ifoda etishga intiladi. O’zbekiston kompozitorlari (g. Mushel, B. Gienko, A. Berlin va b.)ning kamer-vo- kal asarlarini ijro etgan. Hamza nomi- dagi O’zbekiston dav-lat mukofoti Lau- reati (1981).