GULSAPSARDOSHLAR

GULSAPSARDOSHLAR (Iridaceae) -bir pallali o’simliklar oilasi. O’tlar, ba’zan yarim butalardan iborat. Ildizi tugunak piyozli yoki piyozli. Bargi na- shtarsimon yoki kalami. Guli ikki jin- sli. Binafsha, ko’k, oq yoki sariq rang- li, gultojbarglarining uchtasi tashki qavatni, uchtasi esa ichki qavatni tashkil etadi. Mevasi ko’sakcha. Tropik va sub- tropik hududlar (ayniqsa Jan. Afrika hamda Amerikaning tropik va subtropik hududlari)da, ba’zan mo”tadil iqlimli mintaqalarda 60 ga yaqin turkumi va 1400 tacha turi tarqalgan. O’zbekistonda 6 tur- kumga mansub 30 dan ziyod turi bor. G. orasida manzarali turlari (gulsapsar, za’faron, gladiolus) va b. navlari kup. Ba’zi turlari ildizidan atir-upa i.ch.da foydalaniladi.