Gulia Dmitriy Iosifovich

Gulia Dmitriy Iosifovich [1874.9(21).2, Suxumi tumani Uarcha qishlog’i — 1960.7.4, Abxaziya, Agud- zer qishlog’i] — Abxaziya xalq shoiri (1937), yangi abxaz adabiyotining asos- chisi; Abxaz teatri truppasi tashki- lotchilaridan biri (1921). G. ko’plab Doston, drama, roman, ballada, masal, lirik she’rlar yozgan. Uning asarlarida Abxaziyaning go’zal tabiati, xalqining mehnatsevarligi, turli Millatlar do’stligi, abxazlarning turmush tarsi tasvirlangan. “Ona shahrim”, “Abxa- ziyada bahor”, “cho’pon haqida qo’shiq” singari asarlari abxaz she’riyatining eng yaxshi namu-nalaridan hisoblanadi. G. abxaz Nasri (hikoyachiligi)ning ham asoschisi (“begona yurtlarda”, 1919 va b.). Xalq qismati haqida hikoya qiluvchi “Kamachich” (1940) romani b-n milliy romanchilikni boshlab bergan. “Shar- palar” (1946) dramasi abxaz teatrlari repertuaridan mustahkam o’rin olgan. G. xalqog’zaki ijodi, tarix, til, adabiyot, etn.ga oid ilmiy asarlar, shuningdek, “Abxaziya tarixi” va b. qator darslik va o’quv qo’llanmalari muallifi. K. Macha- variani b-n hamkorliqsa abxaz alifbo- sini tuzgan (1892).