Guli sumbul, giasint, Xiatsint

Guli sumbul, giasint, Xiatsint (Hyacinthus) — piyozguldoshlar (lolagullilar oilasi)ga mansub bir yillik o’simlik; eqiladigan gul. Rang- barangligi, gulto’dalarining chiroyli tuzilishi, yoqimli hidi, manzarali ekin sifatida piyozli gullar qatoriga kiradi. G. piyozlari dumaloq, yassi, yapaloq. Bar- glari cho’zinchoq, lentasimon, sal bukil- gan, uz. 35 sm, kengligi 3 sm, gul poyasi- ning uz. 35-40 sm, gulto’pi 10-25 sm, gullarining soni 25— 35 tagacha boradi. Gulining diametri 2— 3,5 sm, naysimon, qo’ng’iroqsimon shaklda. Gul shodasining bo’laklari bukilgan, ba’zan to’g’ri. Okt. oyida ekilib, mart—apr.da gullaydi. Onalik piyozi atrofida hosil bo’lgan piyozchalar b-n ko’payadi. Osiyo, Evropa va Shimoliy Afrikada 30 turi o’sadi. Shu- lardan 3 tasi O’rta Osiyo tog’larida uch- raydi. Guli xushbuy va oddiy qatqat turi (N. orientalis) ko’proq tarqalgan.