Gudon, Udon (Houdon) Jan Antuan

Gudon, Udon (Houdon) Jan Antuan (1741.20.3, Versal — 1828.15.7, Pa- Rij) — frantsuz haykaltaroshi, Evropa haykal portreti san’atining yirik na- moyandasi. Parijdagi nafis san’at MAK- tabida o’qituvchi (1805 — 23). Plastik anatomiyami chuqur o’rganib, anatomic haykal yaratdi (1767), bu haykal qoz. kun- da ham badiiy o’quv yurtlarida (shu jum- ladan O’zbekistonda) ko’rgazmali qurol sifatida qo’llaniladi. “Diana” (gips, 1776) haykali g.ga katta Shuhrat kel- tirgan; J.J. Russo (gips, 1778), Vol- ter (marmar byust, 1778; marmar haykal, 1781), o. Mirabo (terrakota, 1791) va b. portretlar muallifi. G. portretlari- dagi o’tkir va ko’p qirrali psixologik Tavsifning o’ziga xosligi, portretdagi ma’noli qarashlar bevosita tomoshabin- ga qaratilganligi b-n diqqatni torta- Di. Ayniqsa ayollar va bolalar qiyofasi sodda va tabiiyligi b-n ajralib turadi (“Rafiqam portreti”, gips, 1787, Luvr va b.). G. frantsuz inqilobi namoyanda- lari va ma’rifatparvarlarining yorqin qiyofalarini yaratgan. Asarlari Luvr (Parij) va b. muzeylarda saqlanadi.