Gul bayrami

Gul bayrami — O’zbekistonda bahor faslida gulga bag’ishlangan say- illar. Bunday bayramlar tog’bag’rida, qir-adirlarda, bog’larda o’tkazilgan. G. b. dunyoda keng tarqalgan an’analardan bi- ridir. Ko’pgina mamlakatlarda gullarga bag’ishlangan, jumladan Gresiyada Sun- bul, Yaponiyada xrizantema, Frantsiyada marvaridgul, Hindistonda atirgullarga bag’ishlangan maxsus bayramlar mavjud. 1) har yili ko’klamda oila a’zolari va yor-birodarlarning lolazorlarga sayil qilishi, Lola terib, xursandchilik qilish maqsadida o’tkaziladigan dam olish oda- ti. Bu sayillar “qizil gul sayli”, “Lola sayli”, “Sumbula sayli”, “boychechak”, Samarqandda mevali daraxtlar, jumla- dan behi gullaganda — “behi guli sayli” (“sayl guli behi”), Zarafshon vodiysida “boychechak gulgardoni”, Buxoroda gul- lar ochilib, bulbullar sayragan vaqtda — “Gulgardoni Bulbulxon” (“bulbul qo’shig’i”) singari nomlar b-n mashhur bo’lgan; 2) gul va chechaklar avji ochilgan chog’da istirohat bog’larida tashkil eti- ladigan eng yaxshi gul namunalari ko’rigi. Bunday ko’riklarni respublikamizning Toshkent, Namangan va b. shaharlarida har yil o’tkazish an’anaga aylangan. Bu G. b.da davlat gulchilik xo’jaliklarida etishtirilgan hamda xususiy gulchi – lar etishtirgan gul navlari namuna- lari namoyish qilinadi. G’oliblar esdalik sovg’alari b-n taqdirlanadi. Ad.: Qoraboev U., O’zbekistan bayramla- ri, T., 1991.