Guayakil

Guayakil — Ekvadordagi shahar, Guayas provintsiyasining ma’muriy Mar- kazi. Kema qatnaydigan Guayas daryosi bo’yidagi port. Aholisi 1,9 mln. ki- shidan ziyod (1990-y.lar oxirlari). T. i. stantsiyasi. Mamlakatning eng yirik shahri, sanoat va savdo markazi. Mam- lakat eksportining kariyb yarmi (ka- Kao, kofe, guruch, tsitrus mevalar, o’rmon xo’jaligi mahsulotlari) va importi- ning aksariyat qismi g. orqali o’tadi. Sanoati q. x. mahsulotlari va yog’ochni (oziq-ovqat, taxta titish, ko’n poyab- zal, to’qimachilik va b. korxonalar) qayta ishlashga ixtisoslashgan. Metall quyish, mexanika z-dlari hamda un-t, xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor. G.ni 1531 y.da ispan konkistadorla- ri bunyod etgan. 1820 y.da Ispaniya- ga qaramliqsan ozod bo’lib, mustaqil deb e’lon qilindi. 1822 — 30 y.larda Buyuk Kolumbiya tarkibida bo’lgan. 16 — 18-a.larga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan.