Granatlar

Granatlar (lot. granatus — do- nador) — orolsimon silikatlar kichik sinfiga mansub minerallar guruhi. Izomorf qatorlar hosil qiladi. Kub singoniyali. G. kristall-kimyoviy xusu- siyatlariga qarab 2 turga: magniy-Mar- ganestemirli g. — pirop, almandin, spessartin; kaltsiyli g. — grossulyar, andradit, uvarovitga bo’linadi. G. ta- biatda, ko’pincha donador agregatlar, qo’shaloq kristallar, yumshoq, silliq donachalar holida uchraydi. Qattiqligi 6,0—7,5, zichligi 3,2—4,3 g/sm3. G.ning rangsiz, zangori, sariq, yashil, qo’ng’ir, qora, pushti, qizil, qizg’ish-qo’ng’ir ran- glari ma’lum. G. metasomatik jinslarda, skarnlarda (andradit, grossulyar), pegma- tit ertomirlarda (spessartin, Alman- din), metamorfik slaneslarda, eklogit va kimberlitlarda hosil bo’ladi. Gi- drotermal ertomirlarda va sochma holda ham uchraydi. G.ning shaffof va chiroyli turlari (pirop, almandin, demanto- ID) zargarliqda yarim qimmatbaho tosh, qolgan xillari sanoatda abraziv Mate- rial sifatida ishlatiladi. G.ning yirik konlari Hindiston, Chexiya, RF (Ural) hamda Jan. Kavkazda topilgan. Marka- ziy Osiyoda grossulyar va andradit skar- nlarda, volfram va magnetit konlarida (Quytosh, Langar va Turlangli), munchoq shaklidagi almandin va spessartin tur- kiston va Qoratepa tog’larida uchraydi.