Granata
Granata (ital. — granata) — Jan- govar qurollarning bir turi; port- lovchi (zaryadli) snaryadlarning umu- miy nomi. Birinchi marta 16-a.da qo’l b-n irg’itiladigan, 17-a.da artilleriya G.lari paydo bo’ldi. Dastlabki G.larda zaryad sifatida yorituvchi yoki yondiruvchi moddalar, keyinchalik porox ishlatil – gan, hozirgi g.larda asosan trotil deb ataladigan portlovchi modda ishlatila- Di. G.ning korpusi po’lat yoki po’latsimon cho’yandan yasaladi. Portlash ta’siriga ko’ra g.lar parchalanuvchi (dushman jonli kuchlari va texnikasiga shikast etkazish uchun qo’llaniladi), parchalanuvchi-fugas va fugas g. (mudofaa istehkomlarini portlovchi zaryad gazi kuchi b-n vayron qilish hamda jonli kuchlarga shikast etkazish uchun qo’llaniladi), parchala- nuvchi-yondiruvchi xillarga (kichik kalib- rli Zenit artilleriyasida qo’llaniladi) bo’linadi. Qo’l b-n irg’itiladigan G.lar parchalanuvchi va tankka qarshi qo’llaniladigan; mexanizmining tuzili- shiga ko’ra, zarb ta’sirida tez portlay- digan va ma’lum vaqtdan keyin portlay- digan g.larga bo’linadi. Ma’lum vaqtdan keyin portlaydigan g.lar pana joylar- da hujumga o’tilganda va b. hollarda qo’llaniladi, zarb ta’sirida tez port- laydigan g.lar esa tankka qarshi, pulemyot va b. xil o’t ochish nuqtalarini vayron qilishda ishlatiladi. Mashq G.laridan harbiy qism (bo’linma)larda askarlarni va sport maydonlarida sportchilarni g. irg’itishga o’rgatishda foydalaniladi.
O‘xshash so‘zlar
- Grana
- Granada
- Granatlar
- Granatomyot
- GRANADA AMIRLIGI
- Granados, Granados i Kampinya
- Granatlar entsiklopedik lug’ati










