Gannibal, Ann i bal Barka

Gannibal, Ann i bal Barka (mil. AV. taxm. 247 yoki 246, Karfagen — mil. AV. 183, Vifiniya) —Karfagen sar- kardasi. Gamil’kar Barkanchnt o’g’li. 2-Puni urushi davri (218-201) da Alp tog’laridan oshib o’tib, tisin, Trebbiya daryolari (218), Trazimen ko’li (217), Kanna (216) yaqinida rimliklar ustidan g’alaba qozongan. Zama (Shim. Afrika) yonidagi jang (202) da g. Rim qo’shinidan mag’lubiyatga uchragan va Rim shartlari asosida sulh bitimi imzolashga majbur bo’lgan. Urushdan so’ng g. Karfagenni boshkargan. Rimga qarshi yangidan urush ochishga tayyorgarlik ko’rayotganidan Rim- dagilar xabardor bo’lib qolganlaridan xavfsiragan g. Suriya podshosi Antiox III huzuriga qochib borib uning harbiy maslahatchisi bo’lgan. Antiox III Rim- ga qarshi urush (mil. AV. 192— 188)da engilgach, rimliklar g.ni berishni ta- lab qilganlar. G. Armaniston, so’ngra Vifiniyaga yashiringan. Vifiniya pod- shosi Prusiy Rim tazyiqi ostida g.ni ular qo’liga topshirmoqchi bo’lganidan xabar topgan g. zahar ichib o’lgan.