Guarani tili
Guarani tili – Jan. Amerika indeyslari tili. Tupi-guarani tillari oilasiga mansub. G. t. Paragvay va Brazi- liyaning Matu-Grosu va Parana viloyat- lari hududlarida hamda Argentina (Mi- sones, Gran-Chako, Korrientes, Formosa) da tarqalgan. G. t. leksikaning 30 — 40% ini ispan tilidan o’zlashgan so’zlar tash- kil etadi. Boliviyadagi indeyslarning tili ham g.t. nomi b-n ataladi (11 ming kishi so’zlashadi). Paragvayda garchi is- Pan tili rasmiy til bo’lsada, aholining 90%i (3 mln. kishi) g.t.da so’zlashadi. Bu tilda gaz.lar, kitoblar nashr etiladi, radioeshittirishlar beriladi. Maktab ta’limida ham qo’llaniladi. Yozuvi lo- tin alifbosiga asoslangan.