Griffit (Griffi th) Deyvid Uork
Griffit (Griffi th) Deyvid Uork (1875.22.1, La Greynj – 1948.23.7, Gol- livud) — Amerika kinorejissyori. AQSh kinosida aktyorlik maktabiga asos sol- gan. Kinoda 1907 y.dan ishlagan. 1913 y.dan Gollivudda ijod qilgan. Muqim va tushunish oson bo’lgan usul sifatida parallel montaj va yirik planni bi- rinchi bo’lib qo’llagan, kinoni suratga olish texnikasini qayta qurgan. G.ning g’oyaviy jihatdan bir-biriga qarama- qarshi ijodi namoyon bo’lgan: “millat- ning tug’ilishi”da irqchilik tendentsiya- si ilgari surilgan bo’lsa, “Jahon yura- gi” filmida esa oq va qora tanlilar birligi olqishlanadi. “Chidamsizlik” kinosida axloq-odob va etik muammo- lar ko’tariladi. Shuningdek, “sindi – rilgan novdalar”, “Sharq tomon yo’l”, “Ikki etimcha” filmlari ham g. ijodi- da alohida o’rin tutadi. 1931 y. kinoni tark etgan.