Gropius (Gropius) Valter
Gropius (Gropius) Valter (1883.18.5, Berlin — 1969.5.7, Bo- ston, AQSh) — nemis me’mori, dizayn loyihachisi va me’morlik nazariyotchi- si. Funktsionalizm asoschisi. Me’mor- likda rasionalizm qoidalarini ishlab chiqqan. Qurilish va badiiy loyihalash oliy maktabi — “Bauxauz” asoschisi va direktori (1919 — 28). Funktsionalizm tajribalariga suyanib, yangi qurilish texnikasi yutuqlaridan foydalanib, ne- oklassisizm ruhidagi binolar qurgan: Kembrijdagi Garvard un-tining yangi korpusi (1948 — 50), Afinadagi AQSh elchixonasi (1957 — 61), Nyu-Yorkdagi “Panamerikan erlayns” aviasiya Shirka- ti ko’p qavatli binosi (1958 — 63) va b. 1937 y.dan AQShda yashagan.