Grumbat
Grumbat (4-a.) — qadimda Turon- zaminning shim.da yashagan xioniylar podshosi. Mil. 353 y.da xioniylar g. boshchiligida Sug’dga bostirib kiradi- lar. So’ngra ular O’rta Osiyoga siyosiy tazyiqi kuchayib borayotgan Sosoniylar davlati b-n to’qnashib, Shopur II ni eng- ganlar. Mil. 356 y. Shopur II Amid (Su- riya) sh.ni qamal qilgan paytda g. ugli b-n unga ittifoqchi sifatida qatnashgan. Rim tarixchisi Ammian Marsellin (4- a.) ning yozishicha, bu jangda xioniylar shahzodasi, g.ning o’g’li halok bo’lgan.