Gossipol

Gossipol, S30N30O8 — sariq rangli zaharli, qattiq kristall modda. Polifenol birikmalarga kiradi. G’o’za chigiti va iddiz po’stlog’ida ko’p miqdorda (0,02—1,6%), boshqa qismlarida esa kam bo’ladi. G. va uning analoglari — gos- sipurpurin, gossiverdurin, gossiful- Vin chigit yadrosidagi maxsus bezchalarda joylashgan bo’lib, ular devori nihoyatda mustahkam va ko’pchilik organik erituv- chilar ta’siriga chidamli. Lekin past molekulyar spirtlar va suvda g. bezchala- ri tezda emiriladi. G’o’zaning har xil tur va navlarida g. miqdori turlicha. Ingichka tolali g’o’za navlari tarkibida G. ko’p miqdorda (1,47—1,60%) bo’ladi. Chorva mollari, ayniqsa qoramolga chigit kunjarasi va shroti me’yordan ortiq berilganda mollar ozuqa tarki- bidagi g.dan zaharlanishi mumkin. G. yog’sanoati chiqindilaridan olinadi. G. antranalitlari, g. smolasi va ular – ning mahsulotlari inson uchun foyda- li moddalar hisoblanadi. Ular xalq xo’jaligining turli sohalarida: tib- biyot, kimyo sanoati, q.x., metall quyish sanoati va b.da ishlatiladi. G. virus- ga faol ta’sir qiladi. Shu sababli hozirgi vaqtda g.dan virusga qarshi ishlatiladigan interferon indukto- ri preparatlari va b. moddalar ajra- tib olingan. Ad.: Sadi kov A. S, Xlop- chatnik — chudo rastenie, M., 1985. Abdukarim Zikiryoev.