Godograf

Godograf (Yun. hodos — yo’l va … graf) — 1) mexanikada — biror vector funktsiyaning vaqt davomida o’zgarishini ko’rsatadigan egri chiziq. Mac, MN egri chiziq bo’ylab harakatlanayotgan nuqtaning g.i har xil nuqtalardagi tez- liklar vektorlariga parallel va teng qilib o nuqtaga qo’yilgan vektorlardan hosil bo’ladi (rasm). G. tushunchasini me- xanikaga u. Gamilton kiritgan;. 2) Seys- mologiyada — seysmik to’lqinlarning manbadan kuzatish punktigacha etib bo- rishi uchun ketgan vaqtning masofaga bog’liqligini ko’rsatadigan egri chiziq. Bu chiziqning shakli va qiyaligi zilzi- la yoki portlash hosil qilgan to’lqinlar o’tgan muhitning elastik xususiyatla- riga bog’liq. Seysmik kuzatishlar na- tijasida tuzilgan g. yordamida har xil chuqurliklarda seysmik to’lqinlar tez- ligi, er osti qatlamlari qalinligi aniqlanadi. G. yordamida er ostining tu- zilishi va qazilma boyliklarining joy- lashishi haqida ham ma’lumotlar olish mumkin.