Greypfrut

Greypfrut (Gitrus paradisi Macf.) — rutadoshlar oilasiga mansub doimiy yashil subtropik o’simlik; meva turi. Va- tani — Hindiston. Yovvoyi holda uchra- maydi. AQSh, Yaponiya, Hindiston. Gruzi- yada, Kavkazning qora dengiz bo’ylarida etishtiriladi. Daraxti baland (15 m), novdalari tikanli, bargi yirik, tuxum- Simon, yaltiroq. Issiqsevar va namsevar. Guli oq, mevasi yirik (250-600 g), dia- metri 15 sm gacha boradi, yakka holda yoki 2-15 donasi bir shingilda etiladi, yassiroq, ba’zan dumaloq, tusi ko’kimtir- sarg’ish, eti shirali. Po’sti qalin (1 sm atro-fida), mazasi nordon-chuchuk. Noyab.— dek. oylarida pishadi. Mevasi tarkibida 88-90% suv, 3,8—6,7% qand, 1,4—2,4% organik kislotalar, po’stida 9,2—19% pektin moddalari; 100 g shar- batida 45 mg gacha S vitamini bor. Yangi- ligida eyiladi, sharbat olinadi, kompot, murabbo tayyorlanadi. Hosildorligi 150 ts/ga. Marsh sidlis, Dunkan, Foster, Sheddok, Gulripshskiy, gibrid № 1537 va b. navlari mashhur. Aksariyat trifoli- atta payvand qilish b-n ko’paytiriladi. G. agrotexnikasi apelsin, limon va b. tsitrus o’simliklarnikiga o’xshash. O’zbekistonda G. issiqxonalarda va Tuva- Klarda o’stiriladi (q. Tsitrus mevalar).