Genlar dreyfi

Genlar dreyfi (gollandcha drijven — suzmoq, quvib haydamoq), Ge- netik-avtomatik jarayonlar — tasodi- fiy omillar ta’sirida qator avlodlar davomida populyasiyalarda genlar chasto- tasining o’zgarishi. G. D., odatda, populya- tsiyalar irsiy o’zgaruvchanligining pasay- ishiga olib keladi. G. D. tabiiy ofatlar (o’rmonlarning yonishi, suv toshqini), zararkunapdalarning keng tarqalishi va b. natijasida populyasiya individla- ri soni keskin kamayib ketganida aniq namoyon bo’ladi. G. D. tazyiqi ostida po- pulyasiya genotipik tarkibi dinamika- sining xarakterli xususiyati gomozi- gotlanish jarayonining kuchayishidan iborat. Bu hodisa populyasiya arealining torayishi tufayli yaqin qarindosh in- dividlar o’rtasidagi chatishish imkoni- yatining ortishi b-n bog’liq. Natijada tasodifiy ravishda genlar chastotala- rining o’zgarishi tufayli ayrim allel- larning saqlanib qolishi, boshqasining yo’qolishi ro’y beradi. Ajralish payti- da vujudga kelgan ba’zi gomozigotali formalar yangi muhit sharoitiga mos- lanishda qimmatli bo’lib chiqishi va ular tabiiy tanlanish ta’siriga uchrab, keyinchalik populyasiya individlari so- nining orta borishi b-n keng tarqala boshlashi mumkin. G. D. nazariyasi 20-a. ning 40-y.larida amerikalik genetik S. Rayt hamda undan mustaqil ravishda rus olimlari D. D. Romashov va N. P. Dubi- ninlar tomonidan ishlab chiqilgan.