Genrix

Genrix (Henri) — Fran- tsiya kirollari. Eng mashhurlari: Genrix II (1519.31.3, Sen-Jermenan- Le—1559.10.7, Parij) — qirol (1547 y.dan). Valua sulolasidan. “Alanga- li palata”ni ta’sis etgan (1547). G. II qo’shinlari 1552 y. Mes, Tul, Verden (“Muqaddas Rim imperiyasi”dagi epi- skopliklar)ni egallashgan. Italiya uru- shi (1494-1559)ga yakun yasagan, Kato- Kambreziya sulhini imzolagan (1559). Genrix III (1551.19.9, Fontenblo — 1589.2.8, Sen-Klu) – qirol (1574 y.dan). Valua sulolasining so’nggi vakili. Gen- rix Navarrskiy va gizlar b-n kurash olib borgan. 1588 y. mayda Parijdagi xalq qo’zg’oloni (“barrikadalar kuni”) tufayli Shartrga qochgan. Qo’zg’olonchi parijliklar g. III ni taxtdan ag’darilgan deb e’lon qilganlar. G. III Genrix na- varrskiy b-n kelishib u b-n Parij- ga yurish qilgan. Gizlar tarafdori bo’lgan rohib tomonidan o’ldirilgan. Genrix IV (1553.13.12, Po, Bearn -1610.14.5, Parij) — qirol (1588 y.dan, rasman 1594 y.dan). Burbonlar sulolasi- ning birinchi vakili. Antuan Burbon- ning ug’li. 1562 y.dan Navarra qiroli Genrix Navarrskiy. Diniy urushlar davrida gugenotlar rahbari. 1593 y. ka- tolik dinini qabul qilgandan so’ng, 1594 y. Parij uni qirol deb tan olgan. G. IV 1598 y. Nant ediktini e’lon qilgan. Uning olib borgan siyosati absolyu- tizmni mustahkamlashga xizmat qildi. Katolik mutaassib Ravalyak tomonidan o’ldirilgan.