GEOMETRIK O’LCHASHLAR

GEOMETRIK O’LCHASHLAR – chiziqning uzunligi, burchakning kat- taligi, figuraning yuzi yoki hajmini ta’riflash va hisoblash. O’lcham tushun- chasiga asoslanadi. Figuraning o’lchami tayin o’lchov byrligi va uning ulushla- ri b-n qamrab hisoblanadi. Bushga shakl ko’chirilganda o’lchami o’zgarmasligi (invariantlik), figuralar qo’shilganda o’lchamlari ham qo’shilishi (additivlik) xossalariga asoslaniladi. Agar chekli qadamda o’lcham aniq topilsa, u rasional son bo’ladi. Aks holda (mas, tomoni 1 ga teng kvadratning diagonali o’lchanganda) Arximed aksiomasi qo’llanib, o’lcham avval taqriban topiladi, so’ng ulushlar cheksiz maydalanib limitga o’tiladi. Egri chiziqlar va sirtlar o’lchami (mas, aylana uzunligi, shar hajmi) shu usulda ta’riflanadi.