Gottentotlar, koy-Koin

Gottentotlar, koy-Koin (o’zlarini koy-Koin, ya’ni haqiqiy odam- lar deb atashadi) — Botsvanadagi qardosh xalklar guruxi (25 ming kishiga yaqin). Gollandlar G. deb atashgan. Namibiyada (80 mingga yaqin) va JARda (2 mingga yaqin) (1990-y.lar o’rtalari) yashashadi. Ularda bitta til birligi mavjud emas. Ko’pchiligi afrikaans tilida so’zlashadi. Negroid irqiga mansub. Dindorlari asosan protestantlar. An’anaviy din xam saqlanib qolgan.