Gloriya

Gloriya (lot. gloria — bezak) — odam soyasi atrofida rangli aylana ko’rinishida kuzatiladigan optik hodisa. G. yoruglik difraktsiyasi tufayli nur tu- shayotgan bulutlar pushtasida yoki tumanda yoki shudringli o’tloqlarda vujudga keli- shi mumkin. G. aslida Quyosh va oy atro- fida yarim tiniq bulut qatlamlarida, mas, yuqori-qatlamli yoki yuqori-to’p- to’p bulutlarda ba’zi vaqtlarda kuza- tiladigan rangli aylanatojning bir ko’rinishi. Agar kuzatuvchi tog’da turgan bo’lsa, botayotgan yoki chiqayotgan Quyoshdan vujudga kelgan soya bulutga tushganda u soya tojlar b-n o’ralgan bo’lishi mumkin, bu hodisaga “Broken sharpasi” deyiladi.