Gloxidiy
Gloxidiy (Yun. glochis — kamon uchi, tirnoq) — chuchuk suv ikki pallali mollyuskalari (baqachanoq, sadafdorlar) ninglichinkasi. G. bahorda mollyuskalar- ning jabra varaqlari orasiga qo’yilgan va urug’langan tuxumlaridan rivojla- nadi. G.da ham voyaga etgan mollyuskada- gi singari ikki pallali chig’anoq, se- zuvchi qillar va bissus bezidan hosil bo’ladigan ip bo’ladi. G. bir oz suvda harakatlangach, chig’anoq pallalaridagi tishchalari va lichinkalik ipi yordami- da baliqlar jabrasiga va terisiga yopi- shadi; teri ostiga kirib olib, osmotic oziqlanadi. Bir necha haftadan so’ng metamorfoz orqali kichik mollyuskaga aylangach, suv ostiga tushib voyaga eta- Di. G. mollyuskalarning suv havzasida tarqalishida ham muhim ahamiyatga ega.