Golding (Golding) Uilyam

Golding (Golding) Uilyam (1911.19.9—1993) — ingliz yozuvchisi. Ijodiy faoliyati 30-y.larda boshlan- gan. “Pashshalar hukmdori” (1954) ro- mani mashhur. Ushbu roman robinzoncha qaxramonlikka parodiya tarzida yozilgan. G. “Merosxo’rlar” (1955) romanida in- soniyat tarixi hayvonning sekin-asta insonga aylanishidan iborat degan na- zariyani shubha ostiga olgan. “Gumbaz nayzasi” (1964) romani inson ruhi tabi- atining o’zgaruvchanligi, haqiqatga etish- ning murakkabligi haqida. G. 16 roman, 3 pesa, hikoyalar, she’rlar va b. asarlar yozgan. Nobel mukofoti laureati (1983).