Glazgo

Glazgo — Buyuk Britaniyaning shim.-g’arbidagi shahar. Shotlandiya- da, Klayd daryosi bo’yida. Stratklayd- rnining ma’muriy markazi. Aholisi 690 ming kishidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Atrofidagi shaharlar b-n (Dambarton, Grinok va b.) Klayd- sayd konurbasiyasini tashkil etadi. G.— qad. shahar (6-a.dan ma’lum). G. sa- noatining rivojlanishi mustamlaka- lardan keltirilgan xom ashyo (tamaki, shakarqamish, paxta)ni qayta ishlash b-n bog’liq bo’lgan. 18-a. o’rtalarida g. tamaki sanoatining g’arbiy Evropada- gi yirik markazi edi. 18-a. oxirlarida G.da l-o’rinni ip gazlama sanoati egalla- Di. G. yirik t.y. tuguni va mamlakatdagi muhim dengiz portlaridan biri. Sanoa- tida umumiy mashinasozlik, kemasozlik (harbiy kemalar, tankerlar, refrijera- tor va b.), kumir sanoati va metallurgiya etakchi o’rinda. To’qimachilik, neftni qayta ishlash, tsement, yog’ochsozlik, qog’oz, silikat-keramika, oyna, tamaki, oziq- ovqat, elektronika, rangli metallurgiya, kimyo, koks kimyosi sanoati korxonalari bor. Og’ir sanoat mahsulotlarining de- yarli hammasi eksport qilinadi. Un-t (1451), badiiy galereyalar, Glazgo mu- zeyi, bir necha oliy o’quv yurti, me’mo- riy yodgorliklaridan sobor (13-a.), un-t binosi; metropoliten va b. bor.