GLAUKOFAN

GLAUKOFAN (Yun. glaukos— havorang yashil va faynestay—o’xshamoq) — mineral, ishqorli amfibol. Kimyoviy formulasi Na2Mg3Al2[Si8O22]2[OH]2. Monoklin singoniyali. Cho’ziq zarra- lar, ustunsimon, shu’lasimon, tolasi- mon agregatlar. Kulrang-ko’k, yorqin-ko’k yoki zangori-qora rangli. Shishasimon yaltiroq. Qattikdigi 6,0—6,5. Zichligi 3100— 3300 kg/m3. Asosan metamorfik slaneslarda uchraydi. Asosiy xususi- yati: past t-ra va yuqori bosimda hosil bo’ladi. AQSh (Kaliforniya), Frantsiya (Bretan), Italiya (Aosta vodiysi), Yapo- niya (Kanto), RF (Jan. Ural), Ukraina (Krivoy Rog), Qozog’iston sharqida to- pilgan. O’zbekistonda Shim. Farg’ona, Nurota va Hisor tog’laridagi molasslar- da noto’g’ri donachalar shaklida uchraydi.