GIPODERMATOZLAR, o’qara

GIPODERMATOZLAR, o’qara – hayvonlar, asosan qoramollarda, qisman otlarda uchraydigan surunkali inva- Zion kasallik. Oddiy teri osti (orqa miya) bo’kalari (Hypoderma bovis) va janub teri osti bo’kalari (qizilo’ngach so’nasi) (Hypoderma lineatum) lichinka- lari qo’zg’atadi. Parazitlar joylashgan organ va to’qimalarning yallig’lanishi, organizmning umumiy zaharlanishi, hayvonlar mahsuldorligining pasayi- shi b-n kechadi. Voyaga etgan bo’kalar ariga o’xshaydi, yil davomida bir marta avlod beradi. Urg’ochilari hayvonlarning teri – si (juni osti)ga 800 tacha tuxum qo’yadi. 3-5 kunda tuxumlardan chiqqan lichin- kalar teri orqali hayvon organizmiga kirib, asosan orqa belda to’planadi. Oradan 2-3 oy o’tgach, orqa miya kanali- ga (N. bovis) va qizilo’ngachning chuqur qatlamiga (N. lineatum) etib boradi. Etilgan lichinkalar terida hosil qilgan oqma teshiklari orqali erga tushadi, 2-3 kun o’tgach, g’umbakka aylanadi. Belgilari: zararlangan hayvonlarning terisi ostida qattiq, oqmasi bo’lgan shishlar paydo bo’ladi (150 tagacha). Da- volash va oldini olish: kuzda, bo’kalar uchishi to’xtaganidan keyin mollar 25— 30 kun oraliq b-n ikki marta neosidol, ektomin, ektofor, dikosafos kabi in- sektoakarisidlar b-n cho’miltiriladi yoki artiladi, bahorda xuddi shu Pre- paratlar eritmalari b-n yoki xlorofos- ning 4% suvli eritmasi b-n ishlov be- riladi. Bo’kalarning jadal uchishi dav- rida hayvonlarni dalada tunda boqish, kunduzi qorong’i molxonalarda saqlash tavsiya etiladi, har 25-30 kunda insek- tisidlarning suvdagi eritmalari b-n hayvonlarni artish (cho’miltirish) lozim. Hoshim Nurmamatov.