Giroskop
Giroskop (Giro… va …skop) — aylanish o’qi fazoda o’z yo’nalishini o’zgartira oladigan tez aylanuvchi qattiq jism. Aylanish o’qi fazoda erkin ay- lana olishi uchun g.ni kardanli osmaga mahkamlab qo’yish kerak (q. Kardanli mexanizm). Osma markaziga nisbatan g. istalgan yo’nalishda burilishi, uning aylanish o’qi doiraviy konussimon sirt yasab harakatlanishi (q. Presessiya) mumkin. Keyingi xususiyati navigasiya asboblari — girokompas, giroverti- kal va b.ga asbob qilib olingan. G.ning har qanday holda ham fazoda o’z o’qi yo’nalishini o’zgarishsiz saqlay olishi xossasidan samolyot, raketa, dengiz kema- lari, torpedolar va b. harakatini Avto- matik tarzda saqlash uchun foydalanila- Di (mas, avtopilot). Kemalarda matros- larning osma to’rkrovatlari g. xossasiga asoslangan (kema qanchalik chayqalmasin matroslar bemalol uxlab ketishavera- Di). Samolyotning kursdan og’ganligini aniqlaydigan asbob yo’nalish g.i, ya’ni giropolukompas deb ataladi. U avtopi- lotlarda qo’llaniladi.