Giromagnit

Giromagnit chastota, tsiklo- tron chastotasi — zarralar (elektron- lar, protonlar va b.) doimiy magnit maydoniga kiritilganda ularning shu maydon yo’nalishi atrofida qiladigan aylanma harakati chastotasi. Bunda zar- ra impuls momenti (magnit momenti) ning vektori magnit maydon kuchlangan- ligining vektori atrofida burchak hosil etib (konus sirt chizib) tekis aylanma harakat qiladi (q. Presessiya). Larmor teoremasiga asosan, aylanma harakat TSI- klik chastotasi (ya’ni burchak tezligi) Q giromagnit nisbat g ga va magnit maydon kuchlanganligi N ga bog’liq: Q. =GN. Mag- nitomexanik va bir qancha magnitooptik hodisalarni tushuntiritshda ahamiyatga ega.