Glikozuriya
Glikozuriya (glyukoza va Yun. Uron — siydik) — siydik b-n kand (glyukoza) chiqishi. Asosan giperglikemiyaaan key- in kuzatiladi. Buyrak kanalchalarining reabsorbtsiya qilish xossasi susayganda ro’y beradi, shuningdek, qandli diabet- ga xos belgilardan biri hisoblanadi. Qandli diabet b-n og’rigan bemor qonida qand ko’payadi, bu siydikda qand bo’lishiga olib keladi. Normal siydik- da qand bo’lmaydi. Alimentar (qand ko’p iste’mol qilinganda), reflector (hayajonlanish, stress holatlarida bir lahzada o’tib ketadi), diabeti k va buy- rak xili ajratiladi. Nerv va endokrin sistema faoliyati buzilganda, buyrak kasalliklari, turli zaharlanishlar, homiladorlik toksikozlarida ham g. ku- zatilishi mumkin.