Glikol kislota
Glikol kislota (gidroksisirka kislota), NOSN2SOON -kuydirilgan qand hidi keladigan rangsiz Kristal- lar. Mol. m. 76,05. Suyukdanish t-rasi 79-80°. Suv, spirt, efirda yaxshi eriy- Di. G’o’ra uzum, lavlagi, shakarqamishda bo’ladi. Nitrid kislotani aminosirka kislota b-n o’zaro ta’sir ettirish yoki fruktozani ohista oksidlash orqali olinadi. G.k. sanoatda xlorsirka kislota eki uning tuzlaridan, oksalat kislotani elektrolitik usulda qaytarib, shuning- dek, uglerod (P)-oksid b-n suvni kislo- tali katalizatorlar ishtirokida bosim ostida o’zaro ta’sir ettirib olinadi. G.k. jun bo’yashda, teri oshlashda, po’lat va mis yuzasini elektrolitik silliklashda qo’llaniladigan suyuqlik komponenti si- fatida ishlatiladi.