Gidrostatika

Gidrostatika (gidro… va sta- tika) —gidroaeromexanikanshg suyuqlik muvozanatini va unga botirilgan jismga sokin suyuqlikning ta’siri- ni o’rganadigan bo’limi. Asosiy masa- lalaridan biri suyuqdikda bosimning taqsimlanishi (tarqalishi)dir. Bosim- ning taqsimlanishini bilgan holda g. qonunlari asosida suyuqlikka botiril- gan jismlarga, mas, suv osti kemasiga, to’g’on devoriga sokin suyuqlik tomon i dan ko’rsatiladigan ta’sir kuchlari- ni hisoblash mumkin. Xususan, jism- larning suyuqlik sirtida va ichida Su- zish shartlarini, shuningdek suzayotgan jismlarning ustuvorlik shartlarini aniqlash lozim. Bu hol kemasozlikda muhimdir. Gidravlik press, gidravlik akkumulyator, suyuqlik manometri, sifon va b. mashinalar hamda asboblarning ish- lashi g. qonunlariga, xususan Paskal qonuniga asoslanadi. G.ning asosiy qonunlaridan biri — Arximed konuni bo’lib, u suyuqdik va gazga botirilgan jismga ta’sir qiluvchi itarish kuchlari kattaligini belgilab beradi.