Gidrosfera

Gidrosfera (gidro… va sfera) —Er kurrasidagi barcha suv —okean va dengizlar, Daryo, ko’llar va botqoqliklar, doimiy qorlik va muzliklar, tuproqdagi namlik hamda er osti suvi majmui. Ko’pincha, G. deganda okean va daryolar tushuniladi, lekin bu —xato. G.ning umumiy hajmi 1491049 ming km3. G. Er massasining atigi 1/4100 qismini tashkil etadi. G.ning eng asosiy qismi —Dunyo okeani er kurrasi umumiy may- doni (510 mln. km2)ning 361 mln.km2 ni, yoki 71% ni g. qoplab olgan, ko’l va daryolardagi suvlar esa quruqlik may- donining 6% chasini egallab turadi. Er kurrasidagi barcha abadiy qor va muzli- klarning umumiy maydoni 21 mln. km2, bu esa er yuzasi umumiy maydonining 4% ini, quruqlik maydonining 14% ini tashkil etadi. G.ning kimyoviy tarkibi dengiz suvining o’rtacha kimyoviy tarki- biga juda yaqin, undagi eng muhim kimyo- viy elementlar: kislorod -85,8%, vodo- rod -10,8%, xlor va natriy — 2,95%. G. suvlari uzluksiz va tez harakat qilib, tabiatda aylanib turadi va atmosfera, litosfera va biosfera b-n chambarchas bog’lanishda bo’ladi. G. gidrologiya, oke- anologiya, geologiya, geokimyo kabi qator geografik fanlarning tadqiqot predme- ti hisoblanadi.